Botanika

(0 review)

Toshkent viloyati, Qibray tumani

Sihatgoh haqida

Toshkent shahridan 29 km olislikda, Tyan-Shan tog‘lari yaqinidagi tinch-osuda mavzeda “Botanika” sog‘lomlashtirish sihatgohi joylashgan. Ona tabiatning oliy ne’mati – bahavo muhitda joylashgan sanatoriyda iqlim terapiyasini samarali o‘tkazish uchun barcha sharoitlar muhayyo. Bu yerda katta shaharning shovqin-suronlaridan holi tarzda, musaffo havodan erkin nafas olish imkoni mavjud.

Sihatgohda ona zamin in’om etgan qaynoq mineralli suvlar bilan davolash yo‘lga qo‘yilgan. Undan oshqozon-ichak yo‘llarini davolash, yurak-qon tomir va asab tizimi faoliyatini yaxshilash maqsadlarida foydalaniladi. Mijozlar mineralli suvni tatib ko‘rishlari yoki qaynoq vannalarni qabul qilishlari mumkin.

“Botanika” sihatgohiga Jizzax viloyatidagi Baliqli ko‘lidan maxsus qazib olinadigan balchiqli loy keltiriladi. Balchiq terini yoshartirish, foydali minerallar va vitaminlar bilan to‘yintirish uchun qo‘llaniladi. Ushbu muolaja qo‘llanilgan terining rangi tiniqlashib, yanada sog‘lomlashadi. Musaffo havo, quyosh nuri, shifobahsh mineralli suv, terapevtik loy ayniqsa nevrologiya tizimi va oshqozon-ichak yo‘li kasalliklari bezovta qilgan mijozlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, dam oluvchilar uchun ruhiy terapiya, uqalash, nina sanchish orqali davolash kabi muolajalar tashkil qilingan. Turli sharbatli ichimliklarni taqdim etish imkoniga ega fitobar iste’molchilar ruhiyatini tetiklantiribgina qolmay, organizmga talay vitaminlarni yetkazib berishga xizmat qiladi. 

Takliflar

Avtoturargoh

24 soat

Nonushta

Tushlik/kechki ovqat

Oilaviy xonalar

Fitnes-markaz

Suv havzasi

Restoran

Chekish uchun joy/chekuvchilar uchun xona

Xonalar

Rezident

Ha

Joylashtirish shartlari

Kirish

10.00/19.00

Chiqish

09.00/20.00

Oldindan to'lovni bekor qilish

Malakali tashhis qo‘yish uchun UTT, kompyuterli EKG, rentgen, klinik va biokimyoviy laboratoriya xonalari ishlab turibdi. Bir va ikki kishilik shinam yotoqxonalar barcha zarur jihozlar bilan butlangan. Bu yerda bolalar (104 yoshdan katta bolalar o‘z ota-onalari bilan) va keksalar uchun maxsus bo‘limlar ham faoliyat yuritadi. Kutubxona, madaniyat saroyi, raqs maydoni, stol tennisi va bilyardxonalar dam oluvchilarning xizmatida. Talablarga binoan ekskursiyalar ham uyushtiriladi. 

Bolalar krovati

Uy hayvonlari

Buyurtmadan so’ng fikringizni qoldirishingiz mumkin

Xaritada