Kompaniya

Maxfiylik siyosati

Shaxsiy ma'lumotlarning maxfiylik siyosati (bundan keyin matnda Siyosat, deb ataladi) "Damda Sayyoh" MChJ (bundan keyin matnda Damda, deb ataladi) damda.uz sayti yoki shu saytga aloqador boshqa mobil ilovalardan (bundan keyin matnda Damda resurslari, deb ataladi) foydalanish chog'ida Foydalanuvchi haqida olinadigan ma'lumotlarga nisbatan qo'llaniladi. Damda O'zbekiston Respublikasi qonunlariga binoan rasman ro'yxatdan o'tgan yuridik shaxs hisoblanadi. Joylashuv manzili: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko'chasi, 47-uy. Damda ning har qanday resurslaridan foydalanish Foydalanuvchi tomonidan mazkur Siyosat va unda ko'rsatilgan shartlarga so'zsiz rozi ekanligini anglatadi. Agar Foydalanuvchi mazkur Siyosat shartlariga rozi bo'lmagan taqdirda u Damda resurslaridan foydalanmasligi kerak.

1. TERMINLAR

1.1. Damda.uz sayti (bundan keyin matnda Sayt, deb ataladi) – bu kontentning serverdagi joylashuv o'rnidir.

1.2. Damda.uz sayti ma'muriyati (bundan keyin matnda Ma'muriyat, deb ataladi) – damda.uz sayti orqali bron qilish tizimi nomidan faoliyat yuritib, shaxsiy ma'lumotlarni to'plab, qayta ishlashga oid maqsadlarini ilgari suradigan, shaxsiy ma'lumotlar yordamida ma'lum bir operatsiyani amalga oshiradigan mas'ul xodimlar jamoasidir.

1.3. Shaxsiy ma'lumotlar – muayyan jismoniy yoki yuridik shaxsga bevosita yoki bilvosita aloqador bo'lgan har qanday ma'lumot (shaxsiy ma'lumot subekti) hisoblanadi.

1.4. Shaxsiy ma'lumotlar bilan ishlash - shaxsiy ma'lumotlarni yig'ish, ro'yxatga olish, tizimlashtirish, to'plash, saqlash, yangilash (o'zgartirish), qazib olish, foydalanish kabi shaxsiy ma'lumotlar bilan ishlashga mo'ljallangan maxsus vositalar yordamida yoki ulardan foydalanishsiz amalga oshiriladigan har qanday harakatlar (operatsiyalar), shaxsiy ma'lumotni uzatish (tarqatish, ta'minlash, ruxsat berish), shaxsni nomlash, ta'qiqlash, yo'q qilish demakdir.

1.5. Shaxsiy ma'lumotlarning maxfiyligi – ma'muriy yoki shaxsiy ma'lumotlaridan foydalanish huquqiga ega bo'lgan boo'qa shaxslarning shaxsiy ma'lumotlarning yoki boshqa qonuniy asoslarning roziligisiz ularni tarqatmasliklari uchun majburiy talab hisoblanadi.

1.6. Foydalanuvchi – bu xizmatlarni sotib olish yoki buyurtma berish, sotib olish yoki undan foydalanish uchun xizmatlarni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lmagan maqsadlar uchun foydalanish, Saytda o'z buyurtmasini joylashtirgan yoki Buyurtmada foydalanuvchi sifatida ko'rsatilgan shaxsdir.

1.7. Hisob – tizimda saqlanadigan, autentifikatsiya qilish va uning shaxsiy ma'lumotlari va sozlamalaridan foydalanishni ta'minlash uchun zarur bo'lgan foydalanuvchining ma'lumotlari to'plamidir.

1.8. Affilirovanlangan (hamkor) shaxs – tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanadigan yuridik va/yoki jismoniy shaxslarning faoliyatiga ta'sir ko'rsatadigan yuridik yoki jismoniy shaxsdir.

1.9. Buyurtma – sayt orqali foydalanuvchi tomonidan mehmonxona, sanatoriy, dam olish maskanlaridan xona (joy)larni aniq joylaridan, ma'lum bir muddatga bron (band) qilish.

1.10. Elektron to'lov – Saytdagi Buyurtmani maxsus bank to'lov integratori orqali, kredit karta yoki Foydalanuvchining to'lov kartasi orqali amalga oshirishdir.

1.11. To'lov integratori – bu maxsus dasturiy vositalar yodamida Buyurtmada ko'rsatilgan miqdordagi mablag'ni karta egasining hisob raqamidan yechuvchidir.

1.12. Kukilar – Foydalanuvchining kompyuteri, mobil telefoni yoki boshqa qurilmalarida saqlangan ma'lumotlarning kichik bir bo'lagi.

2. FOYDALANUVChINING DAMDA TOMONIDAN YIG'ILADIGAN VA QAYTA IShLANADIGAN ShAXSIY MAЪLUMOTI

2.1. Ushbu Maxfiylik siyosati Foydalanuvchining saytdan ro'yxatdan o'tish, mahsulotlarni xarid qilish yoki xizmatlardan foydalanish uchun buyurtma berish chog'ida sayt ma'muriyati tomonidan so'ralgan ma'lumotlarning maxfiyligini muhofaza qilish va oshkor etmaslik tartibini ta'minlashga qaratilgan damda.uz sayti ma'muriyatining majburiyatlarini belgilaydi.

2.2. Ushbu Maxfiylik siyosati doirasida qayta ishlashga ruxsat berilgan shaxsiy ma'lumotlar Saytda ro'yxatdan o'tish chog'ida jadvalni to'ldirish orqali Foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda taqdim etiladi va u quyidagilarni o'z ichiga oladi: Foydalanuvchining familiyasi, ismi-sharifi, Foydalanuvchining telefon raqami, elektron pochta manzili (e-mail). Shuningdek, ishlov beriluvchi ma'lumotlarga Foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda Ma'muriyatga yoki Ma'muriyatning iltimosiga ko'ra taqdim etilgan har qanday qo'shimcha ma'lumot kiradi.

2.3. Damda Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarning haqqoniyligini tekshirmaydi hamda uning huquqiy imkoniyatlarini aniqlay olmaydi. Damda foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan shaxsiy ma'lumotlarning haqqoniyligiga va ehtiyoj tug'ilganida o'zgargan ma'lumotlarni foydalanuvchining yangilab borishiga ishonadi. Noto'g'ri yoki yetarli bo'lmagan ma'lumotlarni taqdim etishning oqibatlari xususida Damda ning ommaviy takliflar bo'limida belgilab qo'yilgan. 2.4. Damda o'z zimmasiga Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini ijaraga bermaslik va/yoki sotib yubormaslik majburiyatini oladi. Kompaniya to'liq yoki qisman sotilganida hamda uning aksiyalari qayta tashkil etilganida Saytning uzluksiz ishlashini ta'minlash hamda Saytga xizmat ko'rsatish maqsadida so'nggi sohib yangi sohibga Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini qisman yoki to'laqonli o'tkazadi.

3. FOYDALANUVChI ShAXSIY MAЪLUMOTLARINI TO'PLAShDAN MAQSAD

3.1. Damda amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda Saytda ro'yxatdan o'tish, xizmatlarni bron qilish, Foydalanuvchi bilan kompaniya o'rtasidagi kelishuv va shartnomalarni bajarish yuzasidan kerakli shaxsiy ma'lumotlarni to'playdi va saqlaydi.

3.2. Damda shaxsiy ma'lumotlarni quyidagi maqsadlarda qayta ishlaydi:

3.2.1. Buyurtmani rasmiylashtirish uchun Saytda ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchini identifikatsiya qilish.

3.2.2. Foydalanuvchiga Saytning yakka tartiblashtirilgan resurslariga kirishga ruxsat berish.

3.2.3. Saytdan foydalanishga oid xabarnomalar, talabnomalar jo'natish, xizmatlar ko'rsatish, Foydalanuvchining ariza va talabnomalarini ko'rib chiqishga doir Foydalanuvchi bilan qaytarma aloqa o'rnatish.

3.2.4. Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan shaxsiy ma'lumotlarning haqiqiy va to'liqligini tasdiqlash.

3.2.5. Agar Foydalanuvchi rozilik bergan bo'lsa xaridni amalga oshirishi uchun Foydalanuvchining hisob qaydnomasini yaratish.

3.2.6. Foydalanuvchini Buyurtmaning holati haqida xabardor qilish.

3.2.7. To'lovlarni ishlab chiqish va qabul qilish.

3.2.8. Saytdan foydalanishda muammolar yuzaga kelgan chog'da Foydalanuvchini mijozlarga xos va texnikaviy jihatdan qo'llab-quvvatlash.

3.2.9. Sayt yoki saytning hamkorlari nomidan Foydalanuvchiga o'zining roziligi bilan mahsulotlar, maxsus takliflar, narhlarga oid ma'lumotlarni yangilash, xabarnomalar jo'natish.

3.2.10. Reklama faoliyatini olib borish.

3.2.11. Foydalanuvchiga Damda ning hamkorlarining saytlari va xizmatlariga mahsulotlar, yangilanishlar va xizmatlarni olishi uchun ruxsat berish.

3.2.12. Shaxsiy bo'lmagan ma'lumotlar asosida statistik va boshqa izlanishlarni yuritish.

3.2.13. Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari begonalarning beruxsat kirishi va ma'lumotlaridan foydalanishining oldini olish maqsadida texnik vositalar hamda xavfsizlik qonun-qoidalari bilan himoyalangan. Kompaniyaning vakolatli (affilirovanlangan) vakillari, ishonchli hamkorlar va xizmatlar ko'rsatuvchi betaraf xodimlar Kompaniya taqdim etgan ma'lumotlardan xavfsizlik hamda Maxfiylik siyosati talablariga muvofiq ravishda foydalanish majburiyatini oladilar.

4. KUKILAR (COOKIES) VA MOBILЬ IDENTIFIKATORLAR

4.1. Saytning faoliyati doirasida Damda Kukilar, piksellar va lokal saqlash joylari (Foydalanuvchi brauzeri yoki mobil qurilma) texnologiyalari yordamida ma'lum bir axborotlarni, shuningdek, Saytdan foydalanuvchilarning ip-manzillariga doir ma'lumotlarni to'playdi.

4.2. Kukilar Foydalanuvchi kompyuterida, mobil telefonida yoki veb-serverdagi boshqa qurilma (lar)da saqlab qolish imkonini beradi va u navbatdagi tashrif paytida avtomatik ravishda qayta tiklanadi. Damda ham doimiy, ham sessiyaviy kuki fayllardan foydalanadi. Doimiy kuki fayllar foydalanuvchining kompyuterida uzoq muddat saqlanadi, sessiyaviy kukilar esa brauzerning oynasi yopilgan zahoti avtomatik ravishda o'chiriladi.

4.3. Piksellar – veb sahifalardagi kodlarning bir qismi bo'lgan kichik raqamli tasvirlar bo'lib, ular boshqa veb saytning ko'rinishini o'lchash imkonini beradi va odatda kuki fayllar bilan hamohanglikda ishlatiladi.