Daler Med-Servis

(0 review)

Samarqand viloyati, Toyloq tumani

Sihatgoh haqida

"Daler Med Servis" sanatoriyasi - shaharning shovqinli joylaridan olisda, marvariddek tiniq «Qora Suv» daryosi bo'yida, asrlar ortidan bizgacha yetib kelgan yam-yashil daraxtlar bilan o'ralgan ko’rkam maskanda joylashgan sog'lomlashtirish maskanidir.

Biz Sizga kundalik tashvishlarni unutib, xotirjamlik va sokinlik olamiga g’arq bolishingizni taklif qilamiz. Bizning tibbiy markazda siz yaxshi dam olishingiz va sog'lig'ingizni yaxshilash uchun zarur bo'lgan barcha davolash muolajalarini olishingiz mumkin. Shifo maskanimizda qulay tabiiy sharoitlar, xotirjam dam oladigan muhit, zamonaviy yashash sharoitlari va to’g’ri ovqatlanish bilan birgalikda professional davolash muolajalarini uyg’unlashtirganmiz.

Siz uchun takomillashtirilgan infratuzilma, mijozlar salomatligini tiklash va profilaktikasiga yo'naltirilgan sifatli xizmat, shuningdek, maroqli dam olish va sog'lig'ingizni yaxshilash uchun ko'plab fizioterapiya xizmatlari mavjud. Biz quyidagi muolajalarni bajaramiz:

- Ultratovushli terapiyasi;

- umurtqa pog'onasi va bo'yinni kompyuterlashtirilgan qurilmada tortish;

- Elektrofarez - darsenval;

- Parafin bilan davolash;

- Issiq toshli massaj;

- Umumiy sog'lomlashtirish massaji;

- Tizza bo'g'imlarining lazerli terapiyasi;

- Gidromassaj;

- Havo massaji;

- marvarid suvi;

- Jakuzi;

- Fin saunasi;

- Hirudoterapiya;

- hijama;

- dumaloq dush;

- ko'tarilgan maxsus dush va boshqalar.

Uzoq umr ko'rish omili bo’lgani uchun Markazda kuniga 4 marta taomlanish tadbirlariga alohida e'tibor beriladi. Chunki sog'lom ovqatlanish - bu sog’lom turmush tarzining garovidir. Biz mehmonlarga turli milliy va Evropa taomlarini taklif etamiz. 

Takliflar

Avtoturargoh

Wi-Fi

24 soat

Nonushta

Tushlik/kechki ovqat

Oilaviy xonalar

Dazmollash xizmati

Fitnes-markaz

Kir yuvish joyi

Xonalar

Rezident

Ha

Joylashtirish shartlari

Kirish

10.00/19.00

Chiqish

09.00/20.00

Oldindan to'lovni bekor qilish

Bolalar krovati

Qoshimcha bolalar krovati berilmaydi.

Uy hayvonlari

Uy hayvonlariga ruxsat berilmaydi.

Buyurtmadan so’ng fikringizni qoldirishingiz mumkin

Xaritada

Toyloq tumani, Qo'tirbuloq qishlog'i