Picnic family

(0 review)

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani

Dam olish maskani haqida

“PICNIC family hotel” dam olish maskani Toshkentdan 72 kilometrli masofada, Chimyon tomonda joylashgan. Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanining yuqori tog‘ cho‘qqilari bag‘rida, mashhur Beldersoy soyligida qad rostlagan.


Majmua go‘zal ona tabiatning so‘lim go‘shalaridan birida joylashgan. Huzurbaxsh toza tog‘ havosini esa ta’riflashga til ojiz. Dam olish maskanida “Hammasi kiritilgan”  tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ya’ni, xona uchun tegishli to‘lovni amalga oshirgan mehmon nonushta, tushlik va kechki ovqat bilan ta’minlanadi. Eng muhimi, bu yerda narh bilan sifat uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratiladi.  

 

 “PICNIC family hotel”da Sizga shinam va komfort sharoitlarga ega xonalar, restoran bosh oshpazi tomonidan tavsiya etiladigan  ajoyib taomnomalar, betakror ko‘ngilochar-musiqali shoular, ochiq havo qo‘ynidagi art kafe xizmat ko‘rsatadi. Tantanalar zalida anjumanlar yoki seminarlar o‘tkazish, jamoaviy oqshomlar, yubileylar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni nishonlash mumkin.

 

Zal eng zamonaviy musiqali-rangli nur sochgich asbob-uskunalari bilan jihozlangan. Bar dam oluvchilarga salqinlantiruvchi, yengil alkogolli va tetiklantiruvchi ichimliklarning keng assortimentini taqdim etadi. “PICNIC family hotel” mehmonxonasining ikkinchi qavatida “lyuks” toifasidagi ikki va uch kishilik xonalar mavjud. Ular ikki kishilik yaxlit va alohida bir kishilik yumshoq karovatlar, dush kabinasi bor yuvinish xonasi, shaxsiy gigiyenaga oid barcha anjomlar bilan jihozlangan.  

 

Mijozning xohish-istagiga binoan (10“room-service” xizmati) xodimlar tomonidan bar yoki restorandan qilingan har qanday buyurtma bevosita mehmon xonasiga yetkazib beriladi. Bosh binoning ro‘parasida 2-majmua binosi joylashgan. Unda “Yarim lyuks” toifasidagi 4 kishilik 5 ta oilaviy xonalar tashkil etilgan. Ularning har birida ikki kishilik yaxlit bitta karovat va bitta ikki kishilik yoyiladigan yumshoq divan bor. Ushbu majmuada ham 2 ta Lyuks\" toifasidagi xonalar mavjud.

 

 Yilning barcha faslida dam oluvchilar uchun qiziqarli dam olish dasturlari taqdim etiladi. Jumladan, suv havzasi, sauna, ot minish, tabiat qo‘yniga ekskursiya, bolajonlar uchun alohida ko‘ngilochar dasturlar, qorda yuruvchi texnikalarda sayr va hakazo. Mehmonxonada transfer xizmati, horijliklarni ro‘yhatdan o‘tkazish xizmatlari ham yuksak saviyada yo‘lga qo‘yilgan.   

Takliflar

Avtoturargoh

24 soat

Nonushta

Tushlik/kechki ovqat

Oilaviy xonalar

Dazmollash xizmati

Kir yuvish joyi

Suv havzasi

Restoran

Xonalar

Rezident

Ha

Joylashtirish shartlari

Kirish

10.00/19.00

Chiqish

09.00/20.00

Oldindan to'lovni bekor qilish

Bolalar krovati

Uy hayvonlari

Buyurtmadan so’ng fikringizni qoldirishingiz mumkin

Xaritada