Samarqand: 10 ta tarixiy qadamjoga tashrif buyuring!

Qadamjolar

Hilton
user

Damda.uz

Ilk bor Samarqandga tashrif buyurganlarning, eng avvalo, shaharning qadimiy serjilo me’morchilik obidalari bilan tanishib chiqishlari maqsadga muvofiqdir. O‘rta asrlar davrida moviy gumbazli muazzam minoralar va o‘lmas obidalarga ega mazkur shaharning naqadar rivoj topganini so‘zsiz bugungacha saqlanib qolgan va mislsiz qudrat ingan mahobatidan his qilasiz. Ana shu ko‘hna shahar bugun ham o‘zining qadimiy tarixi, betakror osori-atiqalari bilan jahon ahlini lol aylamoqda. E’tiboringizga sayohat qilishingiz lozim bo‘lgan o‘nta muqaddas qadamjolar haqidagi ma’lumotlarni havola etamiz.

 

1. Registon maydoni

Ushbu maydon shaharning diqqatga sazovor muhim joylaridan biri bo‘lib, qadimiy, ammo hamisha navqiron shaharsozlik ansambli sifatida butun dunyoga dongi ketgan. Uni uchta qudratli maqbara binosi qurshab olgan bo‘lib, har biri alohida noyob bezak bilan pardozlangan. Sharq me’morchiligining ajoyib namunasi sifatida Samarqand YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

 

2. Go‘ri-Amir maqbarasi

Go‘ri Amir tarixiy yodgorligi XV asr boshlarida qurilgan bo‘lib, o‘zbek me’morchilik san’atining buyuk ijodiy namunasi hisoblanadi. Muqaddam madrasa shahardagi mashhur ziyoli arboblarning farzandlariga ta’lim-tarbiya beruvchi ilm maskani sifatida qurilgan. Uning ro‘parasida maxsus xonaqoh qad rostlagan Bino qurilishi Muhammad Sulton tomonidan boshlangan bo‘lib, u Islom ta’lim markazi ochishni ko‘zlagan edi.

 

3. Bibixonim jome masjidi

Amir Temur hajmi va chiroyi jihatidan sayyoramizdagi boshqa obidalardan ustun turgan go‘zal maqbarani qurib, ayoliga sovg‘a qilgan. Jilvakor devorlari, inshootning baland qurilgan elementlari, marmar toshdan kesib ishlangan bino kubbasi Amir Temur va uning ayoli nomlarini tarixda muhrlash uchun xizmat qilishi kerakligi nazarda tutilgan emish.

 

4. Afrosiyob shaharchasi

Afrosiyob yirik arxeologik yodgorlik bo‘lib, qadim Samarqand shahri tarixidan darak beradi. Qadim shaharning maydoni 219 gektarni tashkil qiladi. Arxeologlar bir-birini bosib turgan 11 ta madaniy qatlamlar borligini aniqlaganlar. Shaharning zamonaviy relefida qudratli qal’aning xarobalari, ko‘hna mudofaa devorlari, qachonlardir shaharga suv keladigan kanalning vayronalarini oson ajrata olish mumkin.

 

5. Shohi Zinda maqbaralar majmui

Shohi Zinda maqbarasi Samarqand shahridagi rang-barang qabr toshlarni o‘zida mujassam etgan qadimiy osori-atiqalardan biri bo‘lsa ne ajab. Ushbu tarixiy obidaning o‘ziga xos jihati shundaki, u XIV-XV asrlar mobaynida qurilgan barcha inshootlarni o‘zaro chambarchas uyg‘unlashtirgan. Mazkur binolar qadimgi Afrosiyob shahrining yaqinida qad rostlagan bo‘lib, bino joylashgan ko‘chani “qabriston ko‘chasi”, deb ham atashgan.

 

6. Ulug‘bek rasadxonasi

Ulug‘bek – asl ismi Muhammad Tarag‘ay buyuk o‘zbek astronomi va matematigi, davlat arbobi, Temurning nabirasidir. U. O‘rta Osiyo xalqlari ilm-fani va madaniyatini o‘rta asr sharoitida dunyo fanining oldingi safiga olib chiqqan olimlardan biri. Movarounnahrda Ulug‘bekning homiylik davrida (1409–1449) Samarqand yanada gullab–yashnadi: hunarmandlik, me’morlik, adabiyot ravnaq topdi, ilm-fan yuksaldi, savdo rivojlandi. Ulug‘bekdan jahon fani va madaniyati rivojiga muhim hissa bo‘lib qo‘shilgan katta ilmiy va madaniy meros qolgan. Shulardan biri Ulug‘bek rasadxonasidir. Samarqanddagi XV asr me’morligining nodir namunalaridan biridir. Bino Ulug‘bek farmoni bilan 1424–1429 yillari Ko‘hak (Cho‘pon ota) tepaligida, Obirahmat arig‘i bo‘yida bunyod etilgan.
 

 

7. Hazrati Dovud ziyoratgohi

Keyingi kezlarda Samarqand viloyatining Nurobod tumani, Oqsoy qishlog‘i hududida joylashgan Hazrati Dovud g‘ori O‘zbekistondagi eng sergavjum ziyoratgohlardan biriga aylangan. Mazkur g‘or o‘zida o‘ta qadimiy va turli-tuman rivoyatlarni yashirgan bo‘lib, unga tashrif buyuruvchilar soni kun sayin tobora ortib bormoqda. Tog‘ cho‘qqisidagi tik qoyada joylashgan g‘orga kirgan ziyoratchilar Temir piri sanalgan Hazrati Dovud haqqiga tilovat o‘qib, niyat qiladilar.

 

8. Hazrati Doniyor ziyoratgohi

Samarqand shahrining Afrosiyob qadimiy shaharchasi muhofaza devori tagidan oqib o‘tadigan Siyob arig‘i yoqasida Samarqand ahli tomonidan asrlar davomida qadr-qiymatlanib kelinayotgan Doniyor Paygambar maqbarasi eng mo‘’tabar ziyoratgohlardan biridir. Samarqandliklar ushbu ziyoratgohni ba’zan Doniyor Payg‘ambar, Xoja Doniyor va Hazrati Doniyor ziyoratgohi, deb ataydilar. Doniyor Paygambar Dovud alayxissalom avlodidan bo‘lib, eramizdan oldin 603 yilda Kuddus shahrida dunyoga kelgan. Bobil davlati podshosi Navuxudonosor tomonidan eramizdan oldingi 586 yilda bu muborak shahar zabt etiladi va ko‘p odamlar asirga olib ketiladi. Ular orasida 17 yoshlik Doniyor ham bor edi.

 

9. Imom al-Buxoriy maqbarasi

Imom al-Buxoriyning nomi butun Sharq olamida mashhur bo‘lib, u eng buyuk xudojo‘ylarning biridir. Uning Hadislar to‘plamida Payg‘ambarimiz alayhivassalamning aytganlari va hayotliklaridagi u bilan bog‘liq hikmatlarga boy voqea-hodisalarga doir 600 000 dan ziyod qo‘lyozmalar qoldirgan. Imom al-Buxoriy azaldan ilm fan va madaniyat ravnaqida mashhur ulamo bo‘lib, muhaddislarning imomi, Hadis ilmining sultoni hisoblangan.

 

10. Siyob bozori 

Siyob bozori nafaqat Samarqand shahri, balki O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning eng qadimiy va yirik bozori hisoblanadi. Bozorning hududi 7 gektarni tashkil etadi. Siyob bozori sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan joylardan biridir. Uning nomi shaharning tarixiy-geografik tumanlaridan biri - Siyob, shuningdek, bozor yaqinidan oqib o‘tuvchi Siyob daryosi nomiga qo‘yilgan. «Siyob» so‘zi fors-tojikchadan tarjima qilinsa «siyoh ob» - «qora suv/daryo» ma’nosini beradi.