Labi Hovuz

Qadamjolar

Hilton
user

Damda.uz

Qadimda ham (1620 yillarda) xuddi hozirgi kabi Labi Hovuz majmuasi Buxoro jamoatchiligining sergavjum markazlaridan bo‘lib, maydonda kichik savdo maydonchalari, go‘zallik koshonalari, umumiy ovqatlanish va dam olib, hordiq chiqarish nuqtalari, hammomlar qizg‘in faoliyat yuritgan. Dastavval bozor maydoni bo‘lgan xolos. Keyinchalik maydon o‘rtasidan sun’iy hovuz qazdirilgan. Atroflari sinchlar bilan mustahkamlangan.

 

Toza saqlangan hovuz suvidan asosan ichimlik suvi sifatida foydalanilgan. Hovuz yon-tevaragida biri biriga o‘xshamagan naqshinkor imoratlar qad rostlagan. Jumladan, hovuzning sharqida Nodir Devonbegi, shimolida Ko‘kaldosh va Ernazar elchi madrasalari (hozirgacha saqlanmagan) bunyod etilgan. Bugun ham Labi Hovuz majmuasi kabi dunyoning yetti iqlimidan ziyoratga kelayotgan mehmonlarning ham eng sevimli maskanlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

 

Labi Hovuz Buxoroning eng taniqli va mashhur joylaridan biri hisoblanadi. Hovuz kengligi 36 metr, uzunligi 42 metr va chuqurligi 5 metr bo‘lib milodiy 1620 yilda qurilgan. Bu hovuzning qurilish dasturini Nodir Devonbegi sodir etgan.