Xo‘ja Govkushon madrasasi

Qadamjolar

Hilton
user

Damda.uz

Govkushon madrasasi Mazkur majmua XVI asrda, ya’ni Shayboniylar hukmronlik qilgan davrda qurilgan. Avvallari bu yerda mol bozori, qushxona va shu nomli mahalla bo‘lgan emish. Bu shahar markazidagi eng yirik qadamjolardan biri bo‘lib, uning tarkibiga madrasa, masjid va minora kirgan.


Madrasa va masjid qoq markazidan o‘tgan ariqni Shohrud deb nomlashgan, yillar silsilasi davrida u ko‘milib ketgan. Me’morlar bu imoratning naqshinkor bezatilishi, bo‘yoqlar uyg‘unligida ona tabiat go‘zalligini nazarda tutib ishlashni o‘z oldilariga asosiy maqsad qilib qo‘yishadi. Madrasadagi ikki qavatli hamda bir qavatli hujralar va hatto mezana yuksak did bilan pardozlangan. 20 metrli minoraga esa masjid tomidagi maxsus ko‘prikdan foydalanib o‘tiladi. 

 

Govkushon madrasasi ayniqsa mustaqilligimiz yillarida ajoyib obod maskanga aylantirildi. Ta’mirtalab qismlari sifatli ta’mirdan chiqarildi. Hovli va yon-tevaragi ko‘kalamzorlashtirilib, manzarali daraxtlar ekildi. Endilikda bu qadamjo sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan tabarruk tarixiy makonlardan biriga aylandi.