Namozgoh

Namozgoh — masjidning sinonimi bo‘lib, xuddi muqaddas masjiddagidek namoz o‘qiladigan va qabul qilinadigan joy. Namozgoh qishloq maydoni, namozxona yoki hatto ibodatxona bo‘lishi mumkin.

O‘rta asrlar islom dinining markazi bo‘lgan Buxoroda diniy bayramlar - Ramazon bayrami va Qurbon hayiti kunlarida o‘qiladigan bayram namozi uchun o‘zining Namozgohi  mavjud.

Namozgoh masjidi tarixi IX asrga, yaʼni Somoniylar hukmronligi davriga borib taqaladi. Somoniylar sulolasi o‘z davlati hududida islom dinini mustahkamlaganligi bilan mashhur.

Somoniylar davrida birinchi juma jomeʼ, xonaqo (so‘fiy maskani) va namozgoh masjidi qurilgan. Somoniylar davrida Buxoro musulmon dinining markaziga aylandi.

Hukmronligining boshida Registon maydonida namoz o‘qilgan, ammo ibodat qilish uchun yig‘ilgan ko‘p sonli dindorlar uchun unchalik katta bo‘lmaganligi sababli, shahar atrofida 3 km masofada joylashgan Namozgoh masjidini qurishga qaror qilindi. Namozgoh o‘sha yerda XII asrgacha turgan.

Qoraxoniylar sulolasidan Arslonxon hokimiyatga kelishi bilan Namozgoh masjidi shahar markaziga ko‘chirildi, chunki hukmdorning fikricha, shahardan ko‘p odamlarning namoz o‘qish uchun chiqishi shaharning mudofaa qobiliyatini pasaytiradi.

Yangi masjid qurish uchun Shamsobod bog‘i tanlab olindi, bu yerda 1119-1120 yillarda balandligi 38 m bo‘lgan kuygan g‘isht devor shaklida masjid qurilgan. Masjid ikkita arkdan iborat bo‘lib, ular orasida namoz o‘qish joyi - mehrob (mo‘minlar namoz o‘qiyotganda burilib ketadigan Kaʼbaga ishora qiluvchi tomon) bor edi.

Masjid XIII—XV asrlarda bir necha bor rekonstruksiya qilingan.

XVII asrda keng ko‘lamli rekonstruksiyadan so‘ng masjid bosh arkning uch tomonida ayvonlar, galereya va markazda portal gumbazli arkaga ega bo‘ldi. Asl masjidning mehrob uyasi qoldiqlari mehrob devoriga qurilgan. Yog‘och minbar (imom mo‘minlarga xitob qiladigan minbar) g‘ishtli minbar bilan almashtirildi.

Masjid arkasi va gumbazi terakota, o‘yilgan alebastr, geometrik naqsh ko‘rinishidagi mozaikalar va arab yozuvida bitilgan yozuvlar bilan bezatilgan.

Bugungi kunda masjid shahar ichida joylashgani uchun shahar chetidagi Namozgoh masjidining asl maʼnosini yo‘qotgan. Shahar atrofidagi namozgoh vazifasini Bahouddin Naqshbandiy marosim ansambllari va Qosim Shayx maqbarasi bajaradi.

Namozgoh masjidi YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

O‘xshash bloglar

Hammasi